» » O‘zbekistonda karantin vaqti donorlar soni kamayib ketgani sababli harbiy xizmatchilar og‘ir bemorlar uchun qon topshirdi

O‘zbekistonda karantin vaqti donorlar soni kamayib ketgani sababli harbiy xizmatchilar og‘ir bemorlar uchun qon topshirdi


10-aprel, juma kuni, Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari karantin vaqtida potensial donorlar soni keskin kamayib ketganligi sababli ko‘ngilli ravishda qon topshirdi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida korxona va tashkilotlar faoliyati hamda fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha cheklanib, qon mahsulotlari zaxirasi ham kamaydi. O‘tgan vaqt ichida onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun donorlar yordamiga muhtojlik sezila boshladi.

Shu sababli muammoni bartaraf etishga harbiy xizmatchilar hissa qo‘shdi. Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan kelishgan holda hududiy qon quyish markazlari mutaxassislari tomonidan Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida xizmatni o‘tayotgan ko‘ngilli harbiy xizmatchilardan donorlik qoni olishlari yo‘lga qo‘yilib, buning uchun yetarlicha shart-sharoit yaratildi.

“‘Ezgulik, albatta, qaytadi’ shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda donorlik qoni topshirgan harbiy xizmatchilar tibbiyot punktining o‘zida oqsil moddalarga boy mahsulotlardan tanovul qilishdi. Ular bir sutkaga dam olishga yuborildi hamda 3 kunga jismoniy mashqlardan ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, viloyat qon quyish ko‘chma stansiyasining kunlik quvvati 150 nafar donordan qon olishga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют