» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 669 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 669 kishiga yetdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 23:45 holatiga ko‘ra, 28 nafarga oshib, 661 kishiga yetganini ma’lum qildi.

Avvalroq 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 22:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 17 nafarga oshib, 641 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistonda 4—7-aprel kunlari koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar ayniqsa ko‘p qayd etildi. Xususan, 6-aprel kuni 115 kishida koronavirus aniqlangan — bu kunlik rekord; shuningdek, 6-aprel soat 10:00 dan 7-aprel soat 15:00 gacha bo‘lgan oraliqda Buxoro (65 nafarga) va Qoraqalpog‘istonda (sakkiz barobarga) bemorlar soni keskin ko‘paygan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют