» » “Hech qanday eng yuqori cho‘qqi boshlanmadi, biz hali uning etagidamiz”. Moskva meri shahardagi koronavirus holati haqida

“Hech qanday eng yuqori cho‘qqi boshlanmadi, biz hali uning etagidamiz”. Moskva meri shahardagi koronavirus holati haqida


Moskvada koronavirus infeksiyasining eng yuqori cho‘qqisi hali sodir bo‘lgani yo‘q. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyaninga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Sizlarga shuni aniq ayta olamanki, hali hech qanday yuqori cho‘qqi kelgani yo‘q, biz ushbu cho‘qqining etagidamiz, hatto o‘rtasida ham emas”, — deydi Sobyanin.

Merning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “jiddiy sinovni yengib o‘tishi kerak” va unga tayyorgarlik ko‘rmoq lozim. Sobyaninning ta’kidlashicha, gap ommaviy testdan o‘tkazish, tibbiyot tizimini tayyorlash va izolyatsiya hamda karantin rejimiga rioya qilish haqida ketmoqda.

“Bilasizmi, prognozlar — gap pandemiya va virus kabi narsalarning tarqalishi haqida ketganida yoqimli emas. Olimlar, infeksionistlar qancha bo‘lsa, shuncha turfa xil prognozlar bo‘ladi. Shuning uchun eng yaxshi prognoz — bu bugungi kunda biz qila oladigan 100 foiz ish”, — deydi Sobyanin.

Avvalroq Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda COVID-19 koronavirusi infeksiyasi 10-14 kundan keyin o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 12 ming kishiga yaqinlashdi, 94 kishi vafot etdi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 10-aprel, juma kuni, Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют