» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 694 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 694 kishiga yetdi


O‘zbekistonda 11-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni soni 694 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 10-aprel kuni soat 23:40 holatiga bemorlar soni 669 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют