» » Moskvada ko‘chaga chiqish uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilinadi

Moskvada ko‘chaga chiqish uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilinadi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida odamlarning ko‘chaga chiqishi va harakatlanishi uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilinadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskvada joriy qilinadigan yangi choralar haqida shahar meri Sergey Sobyanin maxsus murojaatnoma bilan chiqish qiladi. Shaharda kasallar soni ortayotgani va shahar aholisi tomonidan “o‘zini yakkalash” qoidalari buzilayotgani sababli qattiqroq choralar ko‘rishga qaror qilingan.

“Vedomosti”ning yozishicha, ruxsatnomani olish uchun kerak bo‘ladigan asoslar ro‘yxati keng bo‘ladi, fuqarolarning ba’zi toifalari uchun bu asoslar talab qilinmaydi.

“RBK”ning xabar berishicha, ruxsatnoma tizimini Moskva viloyatida ham joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Moskvada 10-aprel holatiga koronavirusga chalingan 7822 kishi qayd etilgan, bir sutkada kasallanganlar soni 1124 kishiga ko‘paygan. Epidemiya boshlanganidan buyon shaharda 50 kishi kasallikdan vafot etgan. Moskvada dastlab 65 yoshdan katta kishilar uchun majburiy ravishda “o‘zini yakkalash” tartibi joriy etildi, mart oyining oxiridan boshlab esa bu tartib shaharning barcha aholisiga nisbatan amalga kiritildi.

Avvalroq Moskvada koronavirus sabab qabristonlarni ziyorat qilish taqiqlangani, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 10 ming kishidan oshgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют