» » Tojikiston koronavirus xavfi sababli xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishini vaqtinchalik taqiqladi

Tojikiston koronavirus xavfi sababli xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishini vaqtinchalik taqiqladi


Tojikiston hukumati koronavirus kirib kelishi oldini olish maqsadida mamlakatga kirish-chiqishni vaqtincha taqiqladi.

Mamlakat TIV xabariga ko‘ra, ushbu taqiq xorijiy davlatlarning barcha fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlar xorijiy davlatlar diplomatlari, respublikada akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar vakillari, xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, samolyot ekipajlari va xalqaro temiryo‘l aloqasi brigadalariga qo‘llanmaydi.

Vazirlik taqiq ostiga tushgan xorijliklarning Tojikistondan chiqishi zarurati paydo bo‘lganda hokimiyat xorijiy davlatlarning rasmiy, jumladan, charter reyslar tashkillashtirish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq O‘zbekiston Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yuborgani haqida xabar berilgan edi. Tojikistonda hozircha koronavirus bilan bog‘liq bironta ham holat qayd etilmagan. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 694 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Markaziy Osiyodagi koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni muhokama qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют