» » Nurmat Otabekov: Uyda qoling, uy yumushlari bilan band bo‘ling

Nurmat Otabekov: Uyda qoling, uy yumushlari bilan band bo‘ling


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 11-aprel kuni “O‘zbekiston 24” telekanali orqali qilgan chiqishida aholini yana bir bor karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

“Karantin tadbirlari davom etmoqda. Karantin tadbirlariga qanchalik rioya etsak, vaziyatni shunchalik barqaror ushlab qolishimiz mumkin. Aks holda vaziyat murakkablashib, uni jilovlash ancha qiyin kechishini yodingizga solmoqchimiz”, — dedi u.

“Uyingizda qoling, uy yumushlari bilan band bo‘ling. Ko‘chaga chiqishga urinmang”, — deya qo‘shimcha qildi davlat bosh sanitariya inspektori o‘z chiqishida.

Eslatib o‘tamiz, 11-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 694 nafarga yetdi (ularning 42 nafari sog‘aygan, uch nafari vafot etgan). Ayni vaqtda Toshkentda davolanayotan 212 bemorning 13 nafari og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют