» » Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar 100 ming kishidan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar 100 ming kishidan oshib ketdi


Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 100 ming kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Jami qurbonlarning uchdan ikki qismi to‘rtta davlat hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — Italiya (18,8 ming), AQSh (18,7 ming), Ispaniya (16,0) va Fransiya (13,2 ming).

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 1,7 million kishiga yaqinlashgan, 376 mingdan ortiq odam davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 2 mingdan ortiq bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 11-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni soni 694 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют