» » Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Komissiyaning ta’kidlashicha, 42 ta holatda virus chetdan yuqtirilgan. Bundan tashqari, uch kishi vafot etgan va 70 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida jami vafot etganlar soni 3339 kishiga yetdi.

Xitoy hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, 34 kishida infeksiya belgilarsiz o‘tgan, xususan, chetdan kirib kelgan yetti bemorda ham. Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon 81 953 kishida koronavirus aniqlangan.

Bir kun avval Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentga Xitoy kompaniyalari taqdim etgan navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi

Eslatib o‘tamiz, pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatdi, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Aprel oyining oxirlarida Uxan shahridagi metro qatnovlari qisman ishga tushirilgan edi. 8-aprel kuni Xitoy hukumati yanvar oyidan beri ilk bor Uxandan chiqish yo‘llarini ochdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют