» » Chexiyada eski “Jiguli”larni qimmat narxga ijaraga berish boshlandi

Chexiyada eski “Jiguli”larni qimmat narxga ijaraga berish boshlandi


Chexiyada “VAZ-21011” avtomobilini ijaraga olish taklif etilmoqda. Biroq “Jiguli” ijarasi juda qimmat turadi — biznes-klassga ega avtomobilning narxi kabi. Ta’kidlanishicha, avtomobilning ijarasi 6 ming rublga (78 dollar) to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar beradi Motor.

Hotelnakolech mahalliy ijara kompaniyasining ma’lum qilishicha, “Jiguli”da yo‘lovchi sifatida harakatlanish 1799 chex kronasiga (71 dollar) teng.

“VAZ-21011”ga 69 ot kuchiga ega 1,3 litrli dvigatel o‘rnatilgan. Klassik “VAZ-2101”dan farqi modelning radiator panjarasi modifikatsiyaga uchragan. Bamperlaridan “qanotlar” olib tashlangan, atrofi bo‘ylab esa rezina nakladka qo‘shilgan. Bundan tashqari, model uch turdagi fonarlarga ega va o‘rindiqlari ham ancha qulay ishlangan.

“VAZ-21011” modeli “AvtoVAZ” tomonidan 1974—1983-yillar ishlab chiqarilgan “VAZ-2101”ning birinchi va so‘nggi modifikatsiyasi hisoblanadi. Aynan ushbu model Voljsk avtozavodi konveyridan chiqqan ikki millioningchi avtomobilga aylangan.

Mavzuga doir: Ukrainada qizil salonga ega noyob “Jiguli” topildi. Olcharang mashina deyarli yo‘l bosmagan (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют