» » Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonda “onlayn turizm” va “masofaviy sport” rivojlantiriladi

Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonda “onlayn turizm” va “masofaviy sport” rivojlantiriladi


O‘zbekistonda “onlayn turizm” va “masofaviy sport” rivojlantiriladi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda karantin va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi hukmron bo‘lsa ham, qo‘l qovushtirib o‘tirish kerak emas, aksincha, ushbu sokinlik davridan unumli foydalanib, sohalarni rivojlantirishda yangidan yangi usullar va jihozlarni qo‘llash lozim.

“Ayni damda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi Milliy PR markazi O‘zbekistonda turizm bo‘yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi online-tourism.uz saytini yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda. Bu O‘zbekiston bo‘ylab virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma bo‘ladi”, — deydi u.

Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, rejaga ko‘ra ushbu sayt asosan uch yo‘nalishni qamrab oladi:

Sayyohlar uchun. U O‘zbekiston bo‘ylab virtual turlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Turistik soha vakillari uchun. Mehmonxonalar egalari va menejerlari, turoperatorlar, mehmon uylari, gidlar va boshqalar bilan hamkorlik kuchaytirilib, sohani yanada rivojlantirishga oid ishlar amalga oshiriladi. Platforma yordamida dunyodagi so‘nggi trendlar, yangiliklar bo‘yicha vebinarlar, onlayn mushohadalar yo‘lga qo‘yiladi, onlayn qo‘llanmalar taqdim etiladi. Inqiroz va undan keyingi davrda ularning bandligi ta’minlanadi.

Turizmga oid yangi loyihalarni amalga oshirishni istagan startaperlar uchun. Bunda turizmni rivojlantirishga oid yangi loyihalar, startaperlar haqidagi ma’lumotlar jamlanadi, onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yiladi. Kreativ g‘oyalarga ega kishilarga loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Aziz Abduhakimovning bildirishicha, “masofaviy sport” doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birga O‘zbekistonning tajribali sport ustalari va murabbiylari ishtirokida turli videoroliklar ishlab chiqilmoqda. Ularning karantin davrida jismoniy faollikni saqlab qolish, sport bilan bog‘liq faoliyatni boshlashga doir maslahat va tavsiyalari berilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda turli qiziqarli chellenjlar va bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 6—26-aprel kunlari #UydaQol! #HayotgaQo‘shil! chellenjini yo‘lga qo‘ydi. Unda qatnashish uchun karantin davrida uyda oila a’zolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashg‘ulotlarini bajarish, so‘ngra uni videoga olgan holda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylash hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining rasmiy sahifalari bilan ulashish talab etiladi. Har 4 kunda 3 kunlik g‘oliblar aniqlanib, vazirlik tomonidan taqdirlab boriladi.

Avvalroq O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkinligi xabar berilgan edi. Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida mamlakatga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddi tashkilotlar tomonidan koronavirusning turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilgandi.

Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoniga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют