» » “JCh—2006 finalidan so‘ng Zidan bilan 2 yil gaplashmaganman” — Villi Sanyol

“JCh—2006 finalidan so‘ng Zidan bilan 2 yil gaplashmaganman” — Villi Sanyol


Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Villi Sanyol 2006-yilgi Jahon Chempionatidan keyin milliy jamoadagi sobiq safdoshi Zinedin Zidan bilan ikki yil gaplashmay yurganini tan oldi.

Zidan musobaqaning finalidan o‘rin olgan Italiyaga qarshi bahsda Marko Materatssiga boshi bilan zarba berib, maydondan chetlatilgani Sanyolga yoqmagan edi.

“Bu o‘yindan menga eng yorqin va eng yomon xotiralar qolgan. Biz Zizuning penaltidan unumli foydalanganidan xursand bo‘lgandik. Mening sarqitdan qolgan o‘ylarim penaltini “Panenko” uslubida tepish juda tavakkalchilik ekanini aytardi. “Zidan aqldan ozganmi?”, — ilk taassurotim shunday bo‘ldi. U gol urdi va men baxtli edim. Biroq o‘yindan keyin aralash emotsiyalar qurshovida qoldim.

Mag‘lubiyatdan so‘ng kiyinish xonasiga kirasan va bir yigit barchadan kechirim so‘rayotganini ko‘rasan. Biroq sen uni eshitmaysan! Undan butkul ko‘ngling qolgan. Uning uzrini eshitishni va u bilan suhbatlashishni xohlamaysan. O‘shanda buning uchun qulay palla emas edi. Men hojatxonaga bordim va o‘n daqiqa ichida 250 dona sigaretni chekib tugatdim. Shu tariqa o‘zimni panaga oldim.

Biz deyarli ikki yil gaplashmadik. 2008-yilgi Yevropa chempionatidan keyin to‘yim bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im uni taklif qilishimni so‘radi. Zidanga qo‘ng‘iroq qildim, u to‘yga yetib kelolmadi, biroq ertasi kuni u bilan ko‘rishdik. Birgalikda tushlik qilib, yoqimli suhbat qurdik va hayot yana qaytadan boshlandi”, — deydi Sanyol.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют