» » Jahon yulduzlari koronavirusga qarshi kurashishga qancha mablag‘ ajratdi?

Jahon yulduzlari koronavirusga qarshi kurashishga qancha mablag‘ ajratdi?


Koronavirusga qarshi kurashishda boshqa soha vakillari singari yulduzlar ham jonbozlik ko‘rsatmoqda. Cosmopolitan nashri mashhurlarning virusga qarshi kurashish uchun qancha mablag‘ sarflagani va qanday xayriya ishlarini amalga oshirganini e’lon qildi.

Peris Hilton?

Hiltonning oilasi tomonidan pandemiyadan jabrlanganlarga 10 million dollar ajratilgan. Mablag‘ning ma’lum qismi Los-Anjeles va Afrikadagi turar joyi yo‘qlar uchun sarflanadi.

Pink

Xonanda va uning 3 yashar o‘g‘li Jeymsda virus aniqlanganidan keyin ushbu kasallikka qarshi kurashish uchun million dollar ajratgan. Pulning yarmi Filadelfiya universiteti gospitaliga qarashli tez yordam jamg‘armasiga, qolgan qismi Los-Anjelesdagi koronavirusga qarshi kurashish fondiga sarflangan.

Leonardo Di Kaprio

Aktyor Amerika oziq-ovqat fondiga 12 million dollar o‘tkazish maqsadida Stiv Jobsning turmush o‘rtog‘i Loren Pauell Jobs va Ford fondi bilan hamkorlik qilgan. Mazkur mablag‘lar muhtojlarga oziq-ovqat yetkazib berishga sarflangan.

Shon Penn

Aktyor o‘ziga qarashli CORE notijorat tashkiloti orqali Los-Anjelesda koronavirus test sinovini o‘tkazish markazini ochishga yordam bergan. Ushbu markazda kasallanish ehtimoli bo‘lganlar uchun bepul tekshiruv amalga oshiriladi.

Rianna

21-mart kuni o‘ziga qarashli jamg‘armadan 5 million dollar, 31-mart kuni esa million dollar xayriya qilgan. Ushbu mablag‘lar tibbiyot xodimlariga maxsus kiyimlar sotib olish va koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga sarflanadi.

Selena Gomes

Selena 2017-yilda o‘ziga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazilgan Los-Anjelesdagi shifoxonaga moliyaviy yordam ko‘rsatgan.

Anjelina Joli

Aktrisa koronavirus sabab oziq-ovqat ta’minotida muammo kuzatilayotgan bolalar uchun million dollar xayriya qilgan.

Kayli Jenner

Kayli himoyalanish uchun zarur vositalarni sotib olish uchun million dollar ajratgan. Unga javoban shifokorlar cheksiz minnatdor ekanini izhor qilgan.

Lebron Jeyms

Mashhur basketbolchi Ogayo shtati, Ekron shahridagi 1300 oilaga meksika oshxonasidan bepul tushlik tarqatgan.

Kardi Bi

Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusdan jabrlangan ming nafar muxlisiga 1000 dollardan tarqatishini ma’lum qilgan. Xonanda 20-mayga qadar umumiy summa million dollarga yetmaguncha har soatda kimgadir ming dollar o‘tkazib beradi.

Kim Kardashyan

Model o‘ziga qarashli SKIMS kiyim brendi orqali koronavirus tufayli murakkab vaziyatda qolganlar uchun 1 million dollar xayriya qilgan.

Mayli Sayrus

Amerikalik qo‘shiqchi Mayli Sayrus Kodi Simpson juftligi 5-aprel kuni Los-Anjelesdagi shifoxonalarning biridagi tibbiyot xodimlariga 120 o‘ram bepul tushlik tarqatgan.

Jorj Kluni

58 yoshli Gollivud aktyori Jorj Kluni hamda uning 42 yoshli rafiqasi Amal virus bilan kurashish uchun shaxsiy mablag‘laridan bir million dollardan ko‘proq pul ajratdi.

Mavzuga doir: Virusdan chiroyli himoyalanishni istovchilar uchun brendlar noodatiy niqoblar ishlab chiqara boshladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют