» » Tramp AQShda koronavirus qurbonlari soni haqidagi prognoziga tuzatish kiritdi

Tramp AQShda koronavirus qurbonlari soni haqidagi prognoziga tuzatish kiritdi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etadiganlar soni avvalroq prognoz qilingan 100 ming qurbondan “sezilarli darajada kam” bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Fox News.

Avvalroq Oq uy mutaxassislari mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 100-240 ming kishi atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi.

“O‘ylashimcha, qurbonlar soni ushbu raqamlardan sezilarli farq qiladi. Shundayin og‘riqli va qayg‘uli damda biz buning alomatlarini aniq ko‘rmoqdamiz. Bu, asosan, insonlar hayotini saqlab qolish borasidagi qattiq siyosatimizga bog‘liq”, — deydi Tramp brifing vaqtida.

Uning aytishicha, ayrim shtatlar, masalan, eng ko‘p kasallanish holati qayd etilgan Nyu-Yorkda kasalxonaga murojaat qilish holatlari kamaygan. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari kamaymoqda va bu mamlakat kasallikning eng yuqori cho‘qqisiga yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, Detroyt va Yangi Orlean shaharlarida vaziyat hozirda barqarorlashmoqda.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 2 mingdan ortiq bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 500 ming kishidan oshib ketgan, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga doir: Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp aprel oyining boshida amerikaliklarni oldinda kutilayotgan juda og‘ir ikki hafta haqida ogohlantirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют