» » Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi


Toshkent shahar hokimligi 8-apreldan 9-aprelga o‘tar kechasi esgan kuchli qorli shamol oqibatida yuzaga kelgan nosozlik va avariya holatlari to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 44 ta elektr tizimi, 20 ta gaz tarmog‘i tiklangan, 148 ta ko‘p qavatli uylardagi issiqlik ta’minotidagi muammolar bartaraf etilgan.

Shuningdek, hodisa oqibatida shoxlari sinib, qulagan daraxtlar 300 dan ortiq mashina va tirkamalarga ortilib, ko‘chalar tozalangan.

Ishchilar bugun ham poytaxt ko‘chalarida tozalash ishlarini hamda hodisa tufayli yuzaga kelgan boshqa oqibatlarni bartaraf etish choralarini davom ettirmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgandi.

“O‘zgidromet” 12—14-aprel kunlari ham mamlakatda shiddatli shamol esib, kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

Mavzuga doir: Foto: Aprel qori Toshkent ko‘chalarini qulagan daraxtlarga to‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют