» » Video: Shelby Mustang GT350 kombaynga qarshi poygaga chiqdi

Video: Shelby Mustang GT350 kombaynga qarshi poygaga chiqdi


YouTube’dagi Barcroft Cars kanali mualliflari Shelby Mustang GT350 va don yig‘ishga mo‘ljallangan Fahr M44 kombayni o‘rtasida poyga uyushtirdi. Bir qarashda qishloq xo‘jaligi texnikasi yutqazishi tabiiydek tuyulsa-da, uni V8 tvin-turbo dvigateli harakatga keltirishini unutmaslik kerak, deb xabar beradi Motor.

Superkombaynni finlar uch yil oldin yaratgan bo‘lib, keyinchalik u norvegiyalik Xarald Borning qo‘liga tushib qolgan. Undagi eng katta o‘zgarish — 1976-yilda ishlab chiqarilgan Cadillac Eldorado’ning 500 ot kuchiga ega V8 dvigatelining o‘rnatilganligida. Bu kabi motor va uch diapazonli avtomat tizim bilan Fahr M44 4 mil masofani (402 metr) 14,1 soniyada bosib o‘tadi va soatiga 155 kilometr tezlikka qadar chiqa oladi.

Uning raqibi esa 1968-yilda ishlab chiqarilgan Shelby Mustang GT350 bo‘lib, mashinaga 250 kuchga ega 5,0 litrli Windsor V8 dvigateli o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют