» » Afg‘onistondagi portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida furgon minaga tushib, portladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan.

AFP axborotiga ko‘ra, portlash yo‘lovchilar chekka Nava tumanidan viloyat markazi — Lashkargohga ketayotgan vaqtda yuz bergan.

“Furgon bortida bo‘lganlarning bari halok bo‘lgan”, — deydi hukumat vakili Umar Jvak. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.

Helmand politsiyasi rahbari yuz bergan hodisada “Tolibon” harakati vakillarini aybladi. Uning fikricha, yo‘l undan tez-tez foydalanib turadigan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga zarar yetkazish maqsadida minalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют