» » Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi uzaytirildi

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi uzaytirildi


Qozog‘istondagi favqulodda holat tartibi aprel oyi oxirigacha uzaytiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

10-aprel kuni prezident Qosim Jo‘mard-To‘qayev raisligida Favqulodda holatlar bo‘yicha davlat kommissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazilgan. Videoaloqa ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan majlisda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida favqulodda holat tartibini aprel oyi oxirigacha uzaytirishga qaror qilingan.

“15-aprel kuni favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonim o‘z kuchini yo‘qotadi. Favqulodda holat rejimini kamida aprel oyi oxirigacha uzaytirishga to‘g‘ri kelishi hozirdanoq ko‘rinib turibdi. Biz hali koronavirus bilan kasallanishning yuqori cho‘qqisidan o‘tganimiz yo‘q. Epidemiya vaziyatini yumshatish mumkin emas. Shu sababli poytaxt, Olmaota, Chimkent va tegishli viloyatlarda karantin rejimini aprel oyi oxirigacha uzaytirishni buyuraman”, — degan prezident.

“Tushunaman, odamlar ko‘chaga chiqishni, odatiy turmush tarziga qaytishni xohlaydi. Lekin karantinga amal qilish va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdan boshqa chora yo‘q. Aks holda vaziyatga “g‘arq bo‘lamiz” va epidemiya butunlay tarqalib ketib, butun xalq sog‘lig‘i, shu jumladan mamlakat xavsizligi xavf ostida qoladi”, — deb ta’kidlagan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. Ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 859 kishiga yetdi, kasallikdan vafot etish bo‘yicha 10 ta holat qayd etilgan.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 729 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют