» » Xalqaro Chempionlar Kubogining bekor qilinishi sabab “Real” va “Barselona” katta mablag‘dan quruq qoldi

Xalqaro Chempionlar Kubogining bekor qilinishi sabab “Real” va “Barselona” katta mablag‘dan quruq qoldi


Futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasining bekor qilingani ispan klublarini qancha daromaddan quruq qoldirishi ma’lum bo‘ldi.

Marca’ning xabar qilishicha, “Real” va “Barselona” jamoalarining har biri taxminan 18 million yevro miqdoridagi puldan quruq qoladi. Mazkur jamoalar Las-Vegasdagi yangi stadionda o‘zaro bahs yuritishi kerak edi.

Avvalroq Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasining 2020-yilgi mavsumi koronavirus sabab bekor qilingani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun mazkur musobaqa 2013-yildan buyon dunyoning top-klublari ishtirokida o‘tkazib kelinadi. O‘yinlar yoz faslida turli xil mamlakatlar, xususan, AQSh va Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют