» » Belarus chempionati. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi

Belarus chempionati. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi


Belarus chempionatining 4-turida “Energetik-BGU” 11-aprel, shanba kuni safarda “Torpedo”ga qarshi bahs olib bordi.

Ikkinchi bo‘limda kiritilgan ikkita to‘p maydon egalariga g‘alaba olib keldi: 55-daqiqada Andrey Xachaturyan dastlabki to‘pni kiritigan bo‘lsa, 66-daqiqada Gabriel Ramos uzoq masofada zarba yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov ham ishtirok etdi. Jasur bahsda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Umarov 59-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Shu tariqa “Torpedo-BelAZ” ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Energetik-BGU”ga yetib oldi. “Talabalar” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

Belarus Oliy Ligasi

4-tur bahsi

Gollar: 1:0 – 55 Xachaturyan, 2:0 – 66 Gabriel Ramos.

“Torpedo-BelAZ”: Bushma, Ustinov, Bordachev, Yashin, Stepanov, Afanasev (Nikolayevich, 64), Xachaturyan, Premudrov, Gabriel Ramos, Antilevskiy (Lipe, 79), Gorbachik (Yusov, 62).

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Yudchits (Girs, 70), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Sovpel (Umarov, 59), Tve, Atemeng (Bakich, 46).

Ogohlantirishlar: Sovpel (11), Nosko (17), Gabriel Ramos (45), Girs (77), Bakich (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют