» » “O‘zbekneftgaz” AYoQShlarida Ai-91 benzini arzonlashadi

“O‘zbekneftgaz” AYoQShlarida Ai-91 benzini arzonlashadi


“O‘zbekneftgaz” kompaniyasining UNG brendi ostidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobcha (AYoQSh)larida 13-apreldan boshlab Ai-91 markasidagi benzinning bir litri narxi 5800 so‘mdan 5600 so‘mgacha pasaytiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz”ning qayd etishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi narxi mart oyidan beri pasayib kelmoqda. Oy davomida dizel yoqilg‘isi narxi 500 so‘mga tushgan edi. 26-martdan esa Ai-92 markali benzin narxi pasaytirilgan edi.

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi narxining davlat tomonidan tartibga solinishi ham bekor qilinmoqda. “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurovning ma’lum qilishicha, bu sohadagi raqobat muhitini oshirish va narxlarni tushirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют