» » Konor, Habib, Toni va Getji ishtirokida UFC musobaqasi o‘tkazish taklif etildi

Konor, Habib, Toni va Getji ishtirokida UFC musobaqasi o‘tkazish taklif etildi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana yengil vazn yetakchilari ishtirokida o‘ziga xos musobaqa tashkil etishni taklif qildi.

Mutaxassis Twitter’dagi sharhlarning birida Konor Makgregor — Jastin Getji va Habib Nurmagomedov — Toni Fergyuson janglarini avgust oyidagi musobaqada o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu musobaqa yarim finallari bo‘ladi. Kavana finalni yil yakunida o‘tkazishni va shu orqali yengil vaznning eng kuchli vakilini aniqlashni taklif qilgan.

Qizig‘i shundaki, Kavana yengil vazn reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Dastin Poryeni musobaqa ishtirokchilari qatoriga qo‘shmagan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda koronavirus sabab UFC’ning barcha musobaqalari to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: “Bizga tepadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi” — Deyna Uayt UFC 249 musobaqasining bekor qilinishi haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют