» » Qo‘qonda xonadonida fohishaxona saqlagan ayol qamoqqa olindi

Qo‘qonda xonadonida fohishaxona saqlagan ayol qamoqqa olindi


Qo‘qon shahrida 300 ming so‘m evaziga xonadonida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Joriy yil 6-aprel kuni Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Z.M. ismli ayol o‘z xonadonida T.Sh. va T.N.ga jinsiy aloqa qilish uchun 300 ming so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan Z.M.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda 70 ming so‘m evaziga fohishaxona saqlagan ayol jinoyat ustida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda fohishaxona saqlagan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют