» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 767 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 767 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 11-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 38 nafarga oshib, 767 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 11-aprel kuni soat 14:30 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 729 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, uch kishi (bir ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют