» » AQSh o‘z fuqarolarini olib ketishdan bosh tortgan davlatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi

AQSh o‘z fuqarolarini olib ketishdan bosh tortgan davlatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi


AQSh “o‘z fuqarolarini qabul qilmayotgan yoki buni asossiz ravishda kechiktirayotgan” mamlakatlarga qarshi viza sanksiyalarini qo‘llashi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning tegishli farmonida so‘z boradi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu chora AQSh tomonidan koronavirusga qarshi kurash doirasida o‘z fuqarolari yoki rezidentlarini olib ketish talabi qo‘yilgan, biroq bu ishni bajarishdan bosh tortgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Farmonga ko‘ra, shu turdagi davlatlar ro‘yxati shakllantiriladi. Shundan so‘ng, yetti kun ichida AQSh davlat kotibi sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha rejani amalga oshirishga kirishadi.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha antirekord yangilangani haqida xabar berilgandi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida mamlakatda 2 mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etgan. Butun AQSh bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 18 769 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: AQSh Janubiy Koreyaning Eronga gumanitar yordam jo‘natishiga ruxsat berdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 23:45 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 669 kishiga yetgan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 42 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют