» » Amazoniya hindulari koronavirus sababli qirilib ketishi mumkinligi taxmin qilindi

Amazoniya hindulari koronavirus sababli qirilib ketishi mumkinligi taxmin qilindi


Braziliyaning Amazoniya mintaqasidagi tubjoy qabilalaridan biri — yanomamilar orasida birinchi marta koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati qayd etildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kasallik 15 yoshli o‘smirda aniqlangan. U Braziliya shimolidagi Rorayma shtatining Boa-Vista shahridagi shifoxonaga, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.

Amazoniya tropik o‘rmonlarining tub aholisi tashqi dunyodan uzilganligi va immunitet hosil qilishi qiyinligi sababli chetdan kelgan kasalliklar oldida zaif hisoblanadi. Shu bois yanomami hindulari koronavirus infeksiyasi sababli butunlay qirilib ketishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Braziliya sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettaning aytishicha, yanomamilar orasida koronavirusning aniqlangani juda xavotirli hisoblanadi. Uning qayd etishicha, koronavirus mamlakatning tub qabilalariga jiddiy zarba berishi, ularning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Braziliyada tub qabilalarning taxminan 800 ming nafar vakili yashaydi va ular 300 dan ortiq etnik guruhga bo‘linadi. Mamlakatda yanomami qabilasining taxminan 27 mingta a’zosi mavjud. Qabila XX asrgacha butun dunyodan ajralgan holda yashagan, biroq undan keyin qabila qizamiq va bezgak kabi kasalliklar sababli bir necha marta qirilib ketish xavfi ostida qolgan.

Mavzuga doir: Braziliya Xitoydan 240 million dona tibbiy niqob sotib olgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют