» » O‘zbekistonda karantinga joylashtirilgan shaxslar telefonlarining olib qo‘yilishi qonunga zid emasmi?

O‘zbekistonda karantinga joylashtirilgan shaxslar telefonlarining olib qo‘yilishi qonunga zid emasmi?


Kecha, 11-aprel kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov karantinga joylashtirilgan shaxslarning telefonlari olib qo‘yilishi bilan bog‘liq cheklov nega joriy etilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, asosan plastikdan tayyorlangan telefonlar va ma’lumot tarqatuvchi boshqa vositalar o‘zida infeksiyani saqlash va tarqatish xususiyatiga ega bo‘lgani bois, ularni karantin hududiga olib kirish sanitar qoidalarga zid keladi. Chunki infeksiya qog‘oz va plastikning yuzasida 3 kunda 5 kungacha saqlanib qolishi isbotlangan.

Shuningdek, vaqtincha olib qo‘yilgan narsalar faqat mazkur shaxsning kasallangan yoki kasallanishi ehtimoli bo‘lgan muddatda muloqotda bo‘lgan boshqa insonlarni va tashrif buyurgan joylarni aniqlash maqsadidagina o‘rganiladi.

“Buning sababi kasallik aniqlangan fuqarolar kasallik yuqtirgandan so‘ng qayerlarga borganini, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini yashirishlari yoki unutib qo‘yishlari mumkin. Telefonlar ularning kimlar bilan muloqotda bo‘lganini, qayerga borishganini aniqlashga yordam beradi”, — deydi G‘aybullo Primov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xorijiy davlatlarda ham bu kabi amaliyot mavjud. Bu, shuningdek, karantinga joylashtirilgan jismoniy shaxslarning ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni himoya qilish imkonini ham beradi.

Chunki karantinga joylashtirilganlarning shaxsiy ma’lumotlarini muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy cheklovlarga rioya qilinmayotgan holatlar ham mavjud.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi vakili “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarida davolash-profilaktika hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari tomonidan yuqumli va parazitar kasalliklarning yuqish yo‘llari va omillarini aniqlash hamda ularning insonga ta’sir ko‘rsatishining oldini olish choralarini ko‘rish belgilanganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, karantinga joylashtirilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki ushbu infeksiya bor deb, gumon qilinayotgan shaxslarning mobil telefonlari, audio va videoyozuv uskunalari, kredit kartalari va ma’lumot tarqatuvchi boshqa vositalarini vaqtincha olib qo‘yish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ham aks etganini, qonuniy asosga ega ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlar soni 46 mingtadan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют