» » Belarusda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi

Belarusda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi


Belarusda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanikka tayanib, “RBK” xabar berdi.

Karanikning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan tibbiyot xodimlarining aksariyati Minskda, shuningdek, Minsk va Vitebsk viloyatlarida. Vazirning ta’kidlashicha, kasallik tibbiyot xodimlarining ko‘p qismida belgilarsiz o‘tmoqda, ularning hech biri sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanmagan.

Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 2226 kishida COVID-19 aniqlangan bo‘lib, 23 kishi vafot etgan. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 245 kishida koronavirus aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining respublikadagi missiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Belarusda kasallar soni keskin ortib ketishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Belarus “koronavirus tarqalishi evolyutsiyasida yangi bosqichga o‘tmoqda”. Shu sababli u mamlakat hukumatini infeksiya tarqalishini kamaytirish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirdi.

Karanikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda karantin kabi keskin cheklov choralarini joriy etish uchun aniq mezonlar mavjud emas. “Agarda biz ijtimoiy masofalanishni tashkillashtira olsak, u holda buni amalga oshirishimiz darkor. Va bu birinchi navbatda barchamizga bog‘liq: tavsiyalarga qanday amal qilishimizga bog‘liq”, — deydi vazir.

Mavzuga doir: 

11-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 767 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 42 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют