» » Ledi Gaga ishtirokidagi Guchchi haqidagi film premyerasi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Ledi Gaga ishtirokidagi Guchchi haqidagi film premyerasi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi


2019-yilda? rejissor Ridli Skott tomonidan suratga olish ishlari boshlangan Guchchi fojiasi haqidagi film premyerasi 2021-yil 24-noyabrda bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Ushbu filmda bosh rolni xonanda sifatida yaxshi ma’lum Ledi Gaga ijro qilgan. Bundan avval, 2018-yilda suratga olingan “Star is born” filmidagi Bredli Kuper bilan birgalikdagi ishtiroki qo‘shiqchiga omad olib kelgandi.

Film hayotiy voqeaga asoslangan bo‘lib, unda Ledi Gaga Mauritsio Guchchining turmush o‘rtog‘i Patritsiya Redja rolini ijro qilgan. Sujet asosini Patritsiyaning Guchchini o‘ldirishda ayblab, 18 yilga ozodlikdan mahkum qilingani, ammo muddatidan 4 yil avval ozodlikka chiqqani tashkil etadi.

Film senariysi Sara Gey Fordenning “Guchchi uyi: Qotillik, tentaklik va ochko‘zlikning sensatsion hikoyasi” nomli kitobiga asoslangan bo‘lib, filmga rejissorning turmush o‘rtog‘i Jiannina Skott prodyusserlik qilgan.

Mavzuga doir: Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют