» » Suriyada qochoqlarni olib ketayotgan avtobuslar oldida yuz bergan portlash oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi

Suriyada qochoqlarni olib ketayotgan avtobuslar oldida yuz bergan portlash oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi


Suriyaning Idlib viloyatidan evakuatsiya qilinayotgan aholini olib ketayotgan avtobuslar oldida terrorchilar portlash uyushtirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Reuters xabariga ko‘ra, hodisa Rashidin tumanida yuz bergan; bu yerda avtobuslar belgilangan manzil — Jibrindagi qochoqlarni vaqtincha saqlash markaziga ketayotgan vaqtida bir muddatga to‘xtagan edi.

Xabar berishlaricha, portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan. “RIA Novosti” manbasi bergan axborotiga ko‘ra, portlash mashina ichidagi terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida yuz bergan.

Viloyat aholisi hukumat armiyasi va qurolli muxolifat vakillari o‘rtasidagi mintaqaviy sulh kelishuvi doirasida evakuatsiya qilinayotgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют