» » Kattaqo‘rg‘ondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohat oldi

Kattaqo‘rg‘ondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohat oldi


Kattaqo‘rg‘on shahar “Go‘zalkent” mahallasi Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida bugun, 12-aprel kuni, soat 06:43 da portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, portlash is gazining siqilishi natijasida yuzaga kelgan chaqnash oqibatida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan, yana besh kishi turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov voqea joyiga yetib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют