» » Bu darajaga yetadi deb oylamagandik. 23 nafar ozbekistonlik aktyor karantin tufayli Istanbuldagi mehmonxonada qolib ketdi

Bu darajaga yetadi deb oylamagandik. 23 nafar ozbekistonlik aktyor karantin tufayli Istanbuldagi mehmonxonada qolib ketdi


Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin ortidan ozbekistonlik 23 nafar aktyor Istanbul shahridagi mehmonxonada qolib ketdi.

Ular Jaloliddin Manguberdi haqidagi Mendirman serialining Turkiyadagi suratga olish ishlariga jalb etilgan edi. Alisher Uzoqov, Akbarxoja Rasulov va Adiz Rajabov Sayyod.comning Darcha loyihasida ozga yurtdagi karantinni qanday otkazayotgani haqidagi fikrlari bilan bolishdi.

Ozbekistondan 23 kishi mana shu mehmonxonada qolib ketdik. Vaziyat bu darajada boladi, deb oylamagandik. Hammasi joyida, faqat Vatan soginchi qiynayapti, oila azolarimizni soginyapmiz. Serialni suratga olayotgan Bozdag prodyuserlik kompaniyasi vakillari, bundan tashqari ozimiznikilar holimizdan xabar olib turishibdi. Tushlik va kechki ovqatni kochadan yetkazib berishmoqchi edi. Biz kochadan narsa olib yegimiz kelmagani uchun, ovqatni ozimiz tayyorlayapmiz. Ertalab nonushtani hamma ozi qiladi. Kunduz ovqatni esa ozimiz pishiryapmiz.

Turkiyada koronavirus chiqqanidan keyin biz turgan mehmonxona karantinga olinib, tashqaridan odam olinmadi. Biz ham hozir kochaga deyarli chiqmayapmiz. Faqat yaqin atrofdagi dokonga ehtiyoj bolganida chiqib kelyapmiz, deydi aktyorlar.

Hozirda mehmonxonada Alisher Uzoqov, Akbarxoja Rasulov, Adiz Rajabov, Javohir Zokirov, Farhod Badalov, Rano Shodiyeva, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova, Akmal Mirzo, Alixan, Farhod Saidov kabi taniqli aktyorlar karantinni otkazmoqda. Ular dekabr oyidan beri Turkiyada qolmoqda.

Aktyorlarning aytishicha, filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayoni uch oy davom etgan. Ular turk tilini, shuningdek, ot minishni, qilichbozlikni ozlashtirgan.

Biz sizlarni juda sogindik. Atrofdagi hamma narsaning qadriga yetinglar, ayniqsa oilaning. Eng asosiysi esa uyda otiringlar. Bu oqilmagan kitoblarni oqish, korilmagan filmlarni korish uchun yaxshi imkoniyat. Bu imkoniyatdan foydalanib qoling, deydi aktyorlar muxlislariga murojaat qilib.

Eslatib otamiz, turkiyalik taniqli prodyuser va rejissor Mehmet Bozdag 2018-yilda Xorazmshohlar davlatining songgi hukmdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olish istagini bildirgan hamda bu borada ozbekistonlik hamkasblari bilan muzokaralar otkazgan edi.

Mavzuga doir:Aktrisa Yulduz Rajabova qoshiq aytish mahorati bilan muxlislarini lol qoldirdi (video)



Manba: Daryo.uz
: admin (12-04-2020, 12:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
:
-
:
20 ... -