» » AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylandi. Tarixda ilk bor barcha shtatlarda yirik halokat rejimi e’lon qilindi

AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylandi. Tarixda ilk bor barcha shtatlarda yirik halokat rejimi e’lon qilindi


AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Italiyani ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda Virus tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga keltirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 20 608 yetgan, Italiyada esa — 19 468 nafar qurbon.

AQSh prezidenti Donald Tramp Vayomingda yirik halokat rejimini e’lon qildi. Shunday qilib, tarixda birinchi bor Amerikaning barcha shtatlarida ushbu rejim joriy etildi.

“Prezident tarixda birinchi bor bir vaqtning o‘zida 50 ta shtatda yirik halokat rejimini e’lon qildi”, — deb yozadi Oq uy vakili Jadd Dir o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

11-aprel kuni AQSh koronavirus infeksiyasi oqibatida sutkalik qurbonlar soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangan edi — 2 mingdan ortiq bemor vafot etgan. 26-mart kuni esa AQSh COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangan. Ayni vaqtda mamlakatda qariyb 530 ming kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: AQSh o‘z fuqarolarini olib ketishdan bosh tortgan davlatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi

O‘zbekistonda esa 12-aprel, soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 796 nafarga yetdi, 42 kishi sog‘aygan, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют