» » Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan yana bir fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan yana bir fuqaro 15 sutkaga qamaldi


O‘zbekistonda 16-martdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 51 182 ta ta holat aniqlandi. Karantin qoidalarini buzganlar orasida tibbiy niqobsiz ko‘chada yurganlar, ruxsatnomasiz transport vositasida harakatlanganlar, shuningdek, bemaqsad velosipedda yurganlar aniqlanib, ularga nisbatan jarima belgilangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida esa ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

“Paxtakon” mahallasi Oltin vodiy ko‘chasida yashovchi 1971-yilga tug‘ilgan R.B. karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabini bajarmay, mayda bezorilik sodir etgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Sayxunobod tuman Ma’muriy sudi tomonidan hukm chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni ham Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamalgan edi. 8-aprel kuni esa yana Sirdaryoda velosipedda baqir-chaqir qilgan fuqaro 15 sutkaga qamalgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 8169 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 6 995 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Mavzuga doir: Rishtonda bozorda kartoshka yo‘qligi haqida yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 796 kishiga yetdi, 42 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, to‘rt kishi esa koronavirus oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют