» » “Tottenhem” qarzlarni qoplash maqsadida Keynni sotishga qaror qildi

“Tottenhem” qarzlarni qoplash maqsadida Keynni sotishga qaror qildi


“Tottenhem” klubi hujumchisi Harri Keyn yozgi transfer oynasida londonliklar safini tark etishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, “Tottenhem” yangi stadion qurish uchun olgan kreditdan 637 million funt miqdorida qarzdorlik saqlanib turibdi. Shuningdek, londonliklar transferlar uchun boshqa klublarga 83 million funt to‘lab berishi kerak.

Agar Premyer Liga o‘yinlari davom etmaydigan va “Tottenhem” telehuquqlardan daromad ololmaydigan bo‘lsa, u holda “shporlar” uchun vaziyat og‘irlashadi.

Shu sabab jamoa prezidenti Deniel Levi hujumchi Harri Keynni 200 million funtga (250 million yevro) sotib yuborishga tayyor. Agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, Keyn futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

Hozirda eng qimmat transfer 2017-yilda “Barselona”dan PSJga o‘tgan Neymarga tegishli. O‘shanda parijliklar transfer uchun 198 million funt (222 million yevro) sarflagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют