» » Aktrisa Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshni qarshi oldi. Farzandlari aktrisani uylaridan turib tabrikladi (video)

Aktrisa Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshni qarshi oldi. Farzandlari aktrisani uylaridan turib tabrikladi (video)


12-aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshini qarshi oldi. Aktrisaning farzandlari, kuyovlari va nevaralari ushbu sana munosabati bilan videotabrik tayyorladi. Videorolik aktrisaning kenja farzandi Muqaddas Sa’dullayevaning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi.

“Onajonim, ona bo‘lib qadringizni bildim, mehringizni yana ham his qildim. Tun yarimga og‘ganda, bor dunyo uyquga ketganda ham meni o‘ylab, joynamoz ustida duo qilib o‘tirganingizni bilaman. Sizni va adajonimni duolari meni baxtli qildi, balolardan asrayapti. Onajonim meni, ko‘nglimdagi adog‘siz sog‘inchimni, adadsiz mehrimni doim sizga yetkaza olmayman. Qarshingizda turganimda, oq oralagan sochlaringizni silab, ajinlaringizni o‘pib, issiq qo‘llaringizni yuzimga bosib, mehrimni, rahmatimni aytgim keladi.

Ammo doimgiday bolalarning chug‘ur-chug‘uri meni chalg‘itadi. Bugun yurtimiz boshiga kelgan qayg‘uli damda, sinovlarga bardoshimiz imtihon qilinayotganda bizni duolaringiz kuchi himoyalayapti, onajonim. Oldingizga yetib borolmayman. Kunda bir necha marta telefon orqali gaplashsak-da, to‘ymayman sizga. Nafasingizni his qilgim, taftingizdan quvvat olgim kelyapti, onajon!

‘Hozirgi havoga ishonma, oyog‘ingga issiq kiyib ol’ — deysiz telefonda. Onaginam-ay, o‘zingiz-chi, deb so‘rab ulgurmayman. Yana qayg‘umni qilasiz, bolalarimni birma-bir so‘raysiz, men esa sizdan hol-ahvol so‘rab ulgurmayman. Kichkinam yig‘lab qoladi va doimgiday tezgina xayrlashib, o‘z tashvishlarimga sho‘ng‘ib ketaman. Siz esa meni o‘ylab joynamoz tomon yurasiz. Bilaman... Hozir yarim tun. Tunda mehrimni sizga izhor etishni istadim. Men sizni juda yaxshi ko‘raman, onajonim!

Borlig‘im bilan Allohdan sizga sog‘lik, yurtimizga va dunyoga ofiyat so‘rayman. Allohning mehri buyuk.

Onajon, barchamiz ushbu kunda o‘z xonadonlarimizda turgan holda, faqat akajonim uydan olisda, vatanimiz xalqimiz uchun posbon bo‘lib xizmatda turgan holda ushbu sog‘inchli tabrigimizni siz tomon armug‘on etaman. Tavallud kuningiz, ulug‘ 70 yoshingiz hammamizga muborak bo‘lsin, onajonim! Biz xalqimiz bilan bu sinovli kunlarni Inshaalloh, albatta, yengib o‘tamiz! Tez orada diydor ko‘rishamiz”, — deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva.

Videotabrikda Gulchehra Sa’dullayevaning o‘g‘li, qizlari Gulira’no va Muqaddas, kuyovlari Fathulla Mas’udov, Yigitali Mamajonov hamda nevaralari aktrisaga dil izhorini bayon etgan.

View this post on Instagram

Онажоним, она булиб кадрингизни билдим, мехрингизни яна хам хис килдим. Жонфидом менинг!! Тун яримга о?ганда, бор дунё уйкуга кетганда хам мени ўйлаб, жойнамоз устида дуо килиб утирганингизни биламан. Сизни ва адажонимни дуолари мени бахтли килди, балолардан асраяпти. Онажоним мени, кунглимдаги адо?сиз со?инчимни, ададсиз мехримни доим сизга етказа олмайман. ?аршингизда турганимда, о? оралаган сочларингизни силаб, ажинларингизни ўпиб, исси? ?ўлларингизни юзимга босиб, мехримни, рахматимни айтгим келади. Аммо доимгидай болаларнинг чу?ур-чу?ури мени чал?итади. Бугун юртимиз бошига вабо балоси келганда, синовларга бардошимиз имтихон килинаётганда бизни дуоларингиз кучи химоялаяпти, онажоним. Олдингизга етиб боролмайман...кунда бир неча марта телефон оркали гаплашсак-да, тўймайман сизга. Нафасингизни хис ?илгим, тафтингиздан ?увват олгим келяпти онажон!! "Хозирги хавога ишонма, оё?ингга исси? кийиб ол" дейсиз телефонда. Онагинам-ай, ўзингиз-чи, деб сўраб улгурмайман. Яна ?ай?умни ?иласиз, болаларимни бирма бир сўрайсиз...мен эса сиздан хол ахвол сўраб улгурмайман. Кичкинам йи?лаб колади ва доимгидай тезгина хайрлашиб, ўз ташвишларимга шун?иб кетаман. Сиз эса мени ўйлаб жойномоз томон юрасиз. Биламан... Хозир ярим кеча. Тунда мехримни сизга изхор этишни истадим. Мен сизни жуда яхши кўраман ОНАЖОНИМ! Борли?им билан Аллохдан сизга со?лик, юртимизга ва дунёга офият сўрайман. Аллохнинг мехри буюк. Онажон Барчамиз ушбу кунда ўз хонадонларимизда турган холда, фа?ат акажоним уйдан олисда , ватанимиз хал?имиз учун посбон булиб хизматда турган холда ушбу со?инчли табригимизни сиз тамон арму?он этаман. Таваллуд кунингиз, улу? 70 ёшингиз хаммамизга муборак булсин, онажоним!! Биз хал?имиз билан бу синовли кунларни Ин ша Аллох албатта енгиб утамиз! Тез орада дийдор куришамиз... ??

A post shared by Sadullaeva Muqaddas (@muqaddas_sadullaeva) on

Ma’lumot uchun, Gulchehra Sa’dullayeva ko‘plab film va spektakllarda betakror obrazlarni gavdalantirgan. Aktrisa dublyaj san’ati rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shgan. Uning “O‘tkan kunlar”dagi Zaynab, “Bahor qaytmaydi”dagi Muqaddam obrazlari ayniqsa tomoshabinlar yodida qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют