» » Epidemiolog Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi

Epidemiolog Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi


Xitoyda koronavirus infeksiyasining keng ko‘lamli ikkinchi to‘lqini kasallikning boshqa davlatlardan kirib kelishi hisobiga sodir bo‘lish ehtimoli juda kam. Bu haqda mamlakat bosh epidemiologi Chjun Nanshanga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ekspertning ma’lum qilishicha, virusning Yevropa mamlakatlari, Amerika va hatto Janubi-Sharqiy Amerikadan kirib kelishi va tarqalishi xavfi mavjud, chunki ushbu mintaqalardan kelgan bemorlarning virulentligi (kasallikni yuqtirish) juda yuqori, ayniqsa, belgilari namoyon bo‘layotgan bemorlarda.

“Kasallik yana avj oladimi, ya’ni biror mahalliy yoki undan kattaroq miqyosda bo‘ladimi, masalan, oilada, maktabda yoki bir guruh odamlarda, o‘ylashimcha, bundayin ehtimol juda past. Xitoyda, har bir alohida turar joy maydonida va uyning darajasiga qadar juda qattiq profilaktika choralari ko‘rilmoqda”, — deydi ekspert.

Epidemiologning ta’kidlashicha, Xitoyda barcha niqob taqib yuribdi, muloqot vaqtida masofaga rioya qilmoqda, bundan tashqari, biror kishining tana harorati ko‘tarilsa yoki boshqa belgilar paydo bo‘lsa, tezkorlik bilan ma’lum qilinib, izolyatsiyaga olinyapti.

“Shu sababli bunday sharoitda kasallikning tarqalish ehtimoli juda past, lekin, albatta, xavf bor”, — deya ta’kidlaydi Chjun Nanshan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus pandemiyasining cho‘qqisi ortda qoldi. Mamlakatdagi iqtisodiy faollik qayta tiklanmoqda

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon 81 953 kishida koronavirus aniqlangan, jami 3339 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют