» » Eldor Shomurodov Rostovdagi karantin, hayotidagi eng muhim shaxs va azaliy orzulari haqida

Eldor Shomurodov Rostovdagi karantin, hayotidagi eng muhim shaxs va azaliy orzulari haqida


“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning Sportbox nashriga intervyu berdi.

— Eldor, futbolsiz qiyin emasmi?

— Qiyin. Noodatiy hissiyotlarni boshdan kechiryapman. Bunaqasini tasavvur ham qilmagandim.

— Rostovdamisiz?

— Ha, turmush o‘rtog‘im bilan.

— Izolyatsiya qoidalariga amal qilyapsizmi?

— Ha, uyda o‘tiribmiz. Faqat oziq-ovqat do‘koniga chiqyapmiz.

— Shaharda vaziyat qanday?

— Menimcha, har yerda bo‘lgani kabi. Faqat supermarket va dorixonalar ishlayapti. Odamlar faqat uyi yaqiniga chiqmoqda.

— Nima deb o‘ylaysiz, bu uzoqqa cho‘ziladimi?

— Unday bo‘lmaydi deb umid qilaman. Bu tez orada tugaydi va hammasi yaxshi bo‘ladi.

— Uyda shug‘ullanyapsizmi?

— Ha, turli mashqlarni bajaryapman, mushaklarimga zo‘riqish beryapman. Har birimizga bu borada dastur va jadval berilgan.

— Ortiqcha vazn yig‘ishdan qo‘rqmaysizmi?

— Yo‘q, menda har doim vazn bilan hammasi joyida bo‘lgan. Hatto ortiqcha ikki kilo yig‘ib qolsam ham, uni yo‘qotish muammo emas.

— Odatdagidek ovqatlanyapsizmi?

— Ha.

— “Rostov”ning boshqa vakillari bilan aloqada bo‘lib turibsizmi?

— Shunday desa ham bo‘ladi. Shuningdek, Valeriy Georgiyevich (Karpin) bilan ham. Agar biror nimani so‘ramoqchi bo‘lsam, unga qo‘ng‘iroq qilib tushish oson.

— Bilishimcha, PES 20 futbol simulyatorini muntazam o‘ylab turasiz, hatto RPL o‘tkazayotgan musobaqada ham qatnashyapsiz...

— Bu juda qiziq-ku! To‘g‘ri, menda hozircha u qadar o‘xshamayapti, chunki PES 13 o‘ynashga o‘rganib qolganman. Ular o‘rtasida farq bor.

— FIFA ham o‘ynaysizmi?

— Ha.

— Kibersportga anchadan beri qiziqasizmi?

— Bir nech yil bo‘lib qoldi.

— Bo‘sh vaqtda yana nimalar bilan shug‘ullanyapsiz?

— Ayolim bilan kino ko‘ryapmiz, kitob o‘qiyapman, musiqa tinglayman. Shu tariqa kun o‘tmoqda.

— Ota-onangiz O‘zbekistonda yashaydimi?

— Ha, janubda, men tug‘ilib o‘sgan Surxandaryo viloyatida.

— Ular ham karantindami?

— Albatta, u yerda qoidalar Rossiyaga qaraganda ancha qattiq. Ular bilan muntazam aloqadaman, har kuni qo‘ng‘iroq qilaman.

— Uyingizda kim ovqat tayyorlaydi?

— Odatda turmush o‘rtog‘im, biroq men ham bir nimalar tayyorlashni bilaman. Pazandalik — juda qiziq.

— Palov tayyorlay olasizmi?

— Hozircha o‘rganyapman. Bu ko‘ringanidek oson ish emas.

— Qaysi ovqatni tayyorlay olasiz?

— So‘nggi marta dimlama qildim. Bu qo‘y go‘shti va sabzavotlardan tayyorlanadigan o‘zbek taomi. Ayolimning aytishicha, yomon chiqmagan. Men uchun yoqimli bo‘ldi.

— Men va boshqa ko‘plab kishilar uchun o‘zbek oshxonasining asosiy taomi — bu palov. Oilangizda uni kim yaxshi tayyorroq tayyorlaydi?

— Ko‘pchilik. Odatda uni bayram kunlari, odam ko‘p to‘plangan paytda tayyorlashadi.

— Jamoangiz Rostovda noodatiy tarzda yig‘ilib turadimi? Masalan, restoran yoki tabiat qo‘ynida?

— Jamoada yaxshi atmosfera hukmron. Bo‘lib turadi, barcha jamoa a’zolari yig‘ilamiz. Masalan, kimningdir tug‘ilgan kuni yoki qandaydir bayram bahonasida.

— Rostovning mashhur qisqichbaqalarini tatib ko‘rdingizmi?

— Albatta.

— Yoqdimi?

— Juda. Ayniqsa yoqimli sheriklar bilan. Qayerdaligini farqi yo‘q — Don qirg‘oqlaridami yoki restoranda.

— Eldor, “Rostov”da eng xushchaqchaq futbolchi kim?

— O‘ylashimcha, Xoren Bayramyan. U hech qachon nolimaydi. Pozitiv yigit!

— Futbolga qaytamiz. Karantindan so‘ng formaga qaytish uchun qancha vaqt talab etiladi?

— O‘ylashimcha, bir oycha.

— Mavsumda o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo‘ygansiz?

— “Rostov” musobaqa jadvalida yuqoriroq o‘rinni egallashi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Shaxsiy istaklarga kelsak — Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman. Menimcha, buning uchun imkoniyatlar saqlanib turibdi.

— Ya’ni to‘purarlar poygasida Dzyubani quvib o‘tish imkoniyati bormi?

— Albatta.

— Aytgancha, nega penalti tepmay qo‘ydingiz? Buning evaziga gollar soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi...

— “Rostov”da penalti tepuvchilar bor, bu borada tajribali o‘yinchilar. Bu ishni ular bajaradi.

— O‘zbekiston terma jamoasidagi maqsadingiz?

— Jamoa bilan Jahon Chempionatiga chiqishni va yaqin orada eng yaxshi to‘purar bo‘lishni xohlayman.

— Qaysi hujumchiga o‘xshashni istardingiz?

— Hech kimga. Men o‘zligimcha qolmoqchiman. Agar qaysi futbolchilarning o‘yini yoqishini nazarda tutgan bo‘lsangiz, bular: Drogba va Fernando Torres.

— O‘tgan davr o‘zbek futbolchilaridan kimlarni ajratib ko‘rsatasiz?

— Mirjalol Qosimovni. U bizning afsona.

— Joriy mavsumdagi eng yorqin o‘yiningiz?

— Menimcha, “Spartak” jamoasiga qarshi safar o‘yini (1:4 hisobida “Rostov” foydasiga hal bo‘lgan o‘yinda Eldor samarali uzatma muallifiga aylangandi).

— Faoliyatingizdagi eng chiroyli gol-chi?

— O‘zbekiston chempionatida “Nasaf” darvozasiga urgan golim. O‘shanda “Bunyodkor” bilan 1:0 hisobida g‘alaba qozongandik.

— Hayotingizdagi eng muhim shaxs kim?

— Otam. Usiz bu darajaga yeta olmasdim. U mening tarbiyamda muhim rol o‘ynagan.

— Yoqtirgan faslingiz?

— Bahor.

— U Rossiya va O‘zbekistonda har xilmi?

— Qayerdaligiga bog‘liq. Agar Rostov bilan solishtirsa, juda o‘xshash.

— Nimalarni orzu qilasiz?

— Futolda Jahon Chempionatida to‘p surish, shaxsiy hayotda esa ota bo‘lish va farzand tarbiyalash.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют