» » Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning navbatdagi guruhi o‘rin almashdi

Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning navbatdagi guruhi o‘rin almashdi


Bugun, 12-aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ikki hafta davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan bir guruh tibbiyot xodimlari navbatdagi guruh bilan o‘rin almashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 29-mart kuni navbatchilikni qabul qilib olgan tibbiyot xodimlarini kuzatish marosimida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham ishtirok etgan.

“Tibbiyot xodimlariga Alisher Shodmonov tomonidan chuqur minnatdorchilik izhor etilib, ular yuksak ehtirom bilan reabilitatsiyaga kuzatildi. Endilikda ular o‘rnida navbatdagi fidoyi tibbiyot xodimlari faoliyat boshlashadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur klinika jamoasi sa’y-harakatlari tufayli shu kungacha jami 37 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aygan. Ayni paytda bu yerda 112 nafar bemorga shifokorlar tomonidan xalqaro standartlar asosida samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.

Qayd etish joiz, koronavirusdan zararlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘ladigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirusni aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan.

Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 796 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 42 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют