» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 833 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 833 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 12-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 37 nafarga oshib, 833 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 11-aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 796 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют