» » A Seriya o‘yinlari 2020-yil oxirigacha tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

A Seriya o‘yinlari 2020-yil oxirigacha tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin


Italiyada futbol o‘yinlari kamida 2021-yilning yanvariga qadar tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin. Bu haqida taniqli jurnalist Tankredi Palmeri hukumatdagi manbasiga tayanib xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya hukumati A Seriya o‘yinlarini 2021-yilning yanvariga qadar tomoshabinlarsiz o‘tkazishga buyruq berishi mumkin. Hozircha bu borada qaror qabul qilinmagan, biroq hukumat a’zolari Italiyada futbolni davom ettirishning yagona chorasi sifatida shu yo‘lni ko‘rmoqda.

Italiyada koronavirus pandemiyasi tufayli karantin muddati 3-mayga qadar uzaytirildi. Shuningdek, avvalroq klublar 4-maydan boshlab mashg‘ulotlarni boshlashi mumkinligi xabar qilingandi. A Seriya mavsumni 31-maydan davom ettirishga va uni 12-iyulga qadar yakunlashga harakat qilmoqchi. Shuningdek, qolgan 124 uchrashuvning barchasini 45 kun davomida Rim shahrida o‘tkazish varianti ham mavjud.

Mavzuga doir: “Bu haqiqiy biologik bombaga aylandi”. Italiyada koronavirusning keng tarqalishiga futbol uchrashuvi sabab qilib ko‘rsatildi

Italiyada 12-aprel holatiga koronavirusga chalinganlar soni 152 mingdan oshdi. 19 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют