» » O‘zbekiston bosh sanitariya inspektori: “Karantin vaqtida naqd puldan ko‘ra plastik kartochkadan foydalanish zararsizroq”

O‘zbekiston bosh sanitariya inspektori: “Karantin vaqtida naqd puldan ko‘ra plastik kartochkadan foydalanish zararsizroq”


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAdagi shtabda tashkil qilingan brifingda pensiyasini naqd ko‘rinishida olayotgan fuqarolarga bu boradagi tavsiyalarini berdi.

“Haqiqatan ham naqd pulda koronavirus qo‘zg‘atuvchisi uzoq muddat (4-5 kun) saqlanib qoladi. Bunday paytlarda naqd pul bilan muomala qilishni keskin kamaytirish kerak.

Hozir plastik kartochkalar bo‘yicha umuman muammo yo‘q. Demak nafaqat oylik maoshlarini, hatto nafaqa pullarini ham kartochkaga tushirish kerak. Plastik kartochkadan foydalanilsa, kasallik virusining bir odamdan ikkinchisiga o‘tish ehtimoli keskin kamayadi.

Uy sharoitida ishlatganda ham imkon qadar bitta plastikdan foydalanish maqsadga muvofiq. Plastik kartochkaga esa ishlov bersa bo‘ladi”, — deya izoh bergan Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni koronavirusning qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi mumkinligi tufayli O‘zbekiston Markaziy banki kassalarga kelib tushgan naqd pullarni omborxonalarda bir hafta davomida alohida saqlash, shuningdek, plastik kartalardan foydalanganda ularni spirt bilan artib turishni tavsiya qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют