» » “Bavariya” Varan uchun 5 mln juda ko‘p degan, “Real” esa uni 10 mln yevroga sotib olib qo‘ya qolgan” — Sanyol

“Bavariya” Varan uchun 5 mln juda ko‘p degan, “Real” esa uni 10 mln yevroga sotib olib qo‘ya qolgan” — Sanyol


“Bavariya” sobiq himoyachisi Villi Sanyol skautlik faoliyati davrida myunxenliklar rahbariyatiga “Lans”da harakat qilayotgan Rafael Varanni sotib olishni taklif qilgani haqida gapirdi.

“Bavariya”da ishlab yurganimda do‘stim qo‘ng‘iroq qildi va zudlik bilan Lansga yetib kelib, superqiziqarli futbolchini ko‘rishim kerakligini aytdi.

O‘yinga tushdim, Varan tajribali futbolchilardek harakat qilayotganini ko‘rdim. U dastlab maydon markazida harakat qildi, keyin esa markaziy himoyada. Uning o‘yiniga lol qolgan holda ortga qaytdim.

48 soat ichida “Lans” bilan transfer bahosi va o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuvga erishdim. O‘yindan tushgan daromad “Lans”niki bo‘lishi kerak edi. Kelishuv nari borsa 4—5 million yevroga tushardi.

Hisobotlarni rahbariyatga olib borganimda bu miqdor 18 yoshli futbolchi uchun juda qimmat ekanini aytishdi.

Oradan ikki oy o‘tib uni 10 million yevroga “Real”ga sotib yuborishdi. Ishonchim komil, Varan hozirda hech narsadan afsuslanmaydi va baxtli. Men esa ishonchim komil bo‘lsa-da, rahbariyatga u kerakli o‘yinchi ekanini tushuntira olmadim.

Varan 18 yoshda edi, u “Bavariya”da 10—12 yil mobaynida to‘p surishi mumkin edi. Klub 10 yil mobaynida markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmas edi”, — deydi Sanyol.

Mavzuga doir: “JCh—2006 finalidan so‘ng Zidan bilan 2 yil gaplashmaganman” — Villi Sanyol

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют