» » O‘zbekiston Belarusga koronavirusga qarshi kurashda foydalanish uchun insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Belarusga koronavirusga qarshi kurashda foydalanish uchun insonparvarlik yordamini jo‘natdi


O‘zbekiston hukumati Belarus Respublikasiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu yordam Belarus xalqiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam beradi, deyiladi agentlik xabarida.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan yuklarga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirus bilan kurashda foydalaniladigan boshqa zarur tibbiy buyumlar kiritilgan.

Do‘stona yordam Minskka O‘zbekiston Mudofaa vazirligining samolyotida yetkaziladi.

Mavzuga doir: Istanbuldagi o‘zbekistonliklarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi

Avval Xitoydan yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordamining Toshkentga olib kelingani, XXRdan yuborilgan buyumlar orasida futbolchi Odil Ahmedov va tadbirkor Gulbahor Tojimirzayevaning tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi xayriya yuklari ham borligi, shuningdek, murabbiy Samvel Babayanning ham ijtimoiy yordam sifatida O‘zbekistonga tibbiyot buyumlari yuborgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют