» » Audi A8’da AQSh hududi 26 soat ichida bosib o‘tilib, yangi rekord o‘rnatildi. Biroq u tan olinmadi

Audi A8’da AQSh hududi 26 soat ichida bosib o‘tilib, yangi rekord o‘rnatildi. Biroq u tan olinmadi


AQShdagi “Zambarakning o‘qi” noqoquniy poygasini o‘tkazish vaqtida yangi rekord o‘rnatildi. O‘z ismini oshkor qilishni istamagan poygachilar Audi A8L sedanida Nyu-Yorkdan Los-Anjelesgacha bo‘lgan 4546 kilometr masofani 26 soat 38 daqiqa-yu 48 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Road&Track.

Noqonuniy avtopoyga ishtirokchilari yoqilg‘i quyush shoxobchalarida vaqt yo‘qotmaslik uchun avtomobilning yoqilg‘i tizimiga benzin uchun ikkita katta plastik idishni ulab, uni yukxonaga o‘rnatgan.

Bundan tashqari, kechasi politsiyaning e’tiborini jalb qilmaslik uchun Audi A8L yukxonasidagi fonarlar avtomobil kuzovi rangiga mos plyonka bilan yopib qo‘yilgan.

Biroq Cannonball Run tashkilotchilari yangi rekordni haqqoniy deya tan olmagan. Chunki poygachilarga 26 soat 38 daqiqalik rekordni o‘rnatishda koronavirus pandemiyasi sabab yo‘llardagi tirbandliklarning yo‘qligi yordam bergan.

Cannonball Run — AQShning Sharqiy qirg‘og‘idan G‘arbiy qirg‘og‘iga qadar o‘tkaziladigan noqonuniy poyga. Uning ishtirokchilari bir tomondan AQSh shtatlari orasidagi yo‘llar tizimi qanchalik yaxshi rivojlanganini isbotlashga urinsa, ikkinchi tomondan hukumatning tezlikni cheklash to‘g‘risdagi yangi qoidalariga qarshi namoyish hisoblanadi. “Zambarakning o‘qi” doirasida birinchi poyga 1971-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda avtomobil jurnalistlari Brok Yeyts hamda Stiv Smit Dodge Sportsman yordamida yuqoridagi masofani 40 soat 51 daqiqada bosib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют