» » Karantindagi xayriya shov-shuvlari: Yetkazilgan oziq-ovqatning sifati va miqdoridan noliganlar noshukurlikda ayblandi

Karantindagi xayriya shov-shuvlari: Yetkazilgan oziq-ovqatning sifati va miqdoridan noliganlar noshukurlikda ayblandi


Ma’lumki, O‘zbekistonda 15-mart kuni koronavirus infeksiyasiga chalinish holati ilk marotaba qayd etildi va shundan buyon 66 kishi sog‘ayishga ulgurdi, ayni paytda 4 kishi vafot etdi. Bugunga kelib O‘zbekistonda infeksiyaga chalinganlarning umumiy soni 833 nafarni tashkil etmoqda.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘pgina savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, bir nechta shahar va tumanlarga kirish va chiqish yopib qo‘yildi, ko‘chada tibbiy niqobsiz yurish taqiqlandi va avtomashinalar harakati tartibga solindi.

Mavzuga doir:

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi karantin tufayli uyda qolgan vaqtinchalik ishsizlar, aholining kunlik daromad evaziga yashaydigan qatlami, umuman kam ta’minlangan va yordamga muhtoj aholi bilan muntazam ishlab kelmoqda. Tizimli ishlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida 1197 qisqa raqami qo‘ng‘iroqlar uchun ishga tushirildi va 09:00—18:00 oralig‘ida muntazam ishlab turibdi.

Bugungi kunda aholi tomonidan ushbu Call-markazga jami 18 705 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Toshkent shahri misolida ko‘radigan bo‘lsak, bugungi kunga kelib jami 24 793 xonadonga 3 milliard 191 million 20 ming so‘mlik birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Call-markaz va yetkazib berish xizmati bilan ko‘ngilli volontyorlar jamoasi shug‘ullanmoqda; ular orasida xonanda Sevara Nazarxon ham bor.

Bundan tashqari, ko‘plab tadbirkorlar, davlat organlari xodimlari ham koronavirusga qarshi kurash maqsadida hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish uchun xayriya ishlarini olib bormoqda.

Mavzuga doir:

Ijtimoiy tarmoqlarda yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan norozi ba’zi fuqarolar o‘z videolarini tarqatmoqda.

Jumladan, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning tarqatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va yetkazib beruvchilarga qaratilgan kinoyali so‘zlari aylandi.

Keyinchalik tuppa-tuzuk kiyinib olgan bu yigit hozir Turkiyada ekani ma’lum bo‘ldi. Uning o‘zi esa kechirim so‘rab yana bir video chiqardi.

Facebook’da xayriya sifatida tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini taroziga tortib chiqib, “yetmay qolgan” 50-60 grammni “posbonlar yegan” deya videoga olib tarqatgan yana bir erkak kishining videosi tarqaldi.

1197 orqali berilgan xayriya mahsulotlarini qaytarib olib kelgan surxondaryolik ayol videosiga ham ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. “Hokim ham chiqib ishla, deb aytyapti” deydi u ko‘zida yosh bilan. Video yakunida to‘g‘ri olib borilgan tushuntirish ishlaridan keyin ayolning mahsulotlarni qaytarib olib ketganini ko‘rish mumkin.

Nurafshonlik fuqaro chiqargan videosi va aytgan gaplari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini haqiqatan ham larzaga keltirdi. Voqeaga aloqasi bo‘lmagan bir Facebook foydalanuvchisi joylagan video salkam 2 ming izoh to‘pladi va 400 martaga yaqin ulashildi. Izoh qoldirganlarning aksariyati ayolni noshukurlikda ayblagan bo‘lsa, ba’zilar ayolni qo‘llab-quvvatladi ham.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar faqat noroziliklardan iborat emas. Xayriya ishlaridan minnatdor bo‘layotgan fuqarolar ham bor. “1197 ga telefon qilgandik, olib kelib berishdi. Ishlarining rivojini bersin” deyiladi bir videoda.

“Xuddi shu yog‘larni (ilgari tarqalgan videolardan biri nazarda tutilyapti) ishlatib bo‘lmaydi deb aytishdi, sifatli yog‘-ku” deydi yana bir fuqaro.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xayriya tadbirlari doirasida yetkazib berilayotgan mahsulotlarni tanqid qilganlarga javob videolar ham yo‘llandi. Mana shunday videolardan biri. “Sendan ham muhtojlar bordir, kimdir o‘shani ko‘ziga surtib yer”, deydi videoni tasvirga olgan ayol.

“Musofir bo‘lib bir yil ishlang, keyin qotgan nonni ham peshonangizga surtib yeydigan bo‘lasiz”, deya murojaat yo‘llagan yosh yigitning so‘zlari ham ko‘pchilikni ta’sirlantirdi. U murojaatini mahsulotlarni taroziga tortib ko‘rayotgan kishiga yo‘llagan. Bu video Facebook’da ko‘pgina muhokamalarni keltirib chiqardi.

Bloger Abror Muxtor Aliy xayriya mahsulotlarini yomonlab chiqayotganlarga videomurojaat yo‘lladi.

Fuqarolarni oqilona harakat qilishga chorlab, Call-markaz xodimlari hamda yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan volontyorlar jamoasi faoliyatiga omad tilaymiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют