» » Rossiyada Ingushetiya Respublikasi muftiysi koronavirusdan vafot etdi

Rossiyada Ingushetiya Respublikasi muftiysi koronavirusdan vafot etdi


Rossiya Federatsiyasining Ingushetiya Respublikasi Musulmonlar ma’naviy boshqarmasi rahbari, muftiy Abdurahmon Martazanov koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, muftiy pnevmoniya kasalligi bilan kasalxonaga olib kelingan. Undan koronavirusni tekshirish uchun olingan dastlabki test ijobiy natija ko‘rsatgan.

Muftiyning qaysi kasallik oqibatida vafot etgani bo‘yicha hali yakuniy tashxis qo‘yilgani yo‘q, deya ma’lum qilgan Ingushetiya hukumati raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vladimir Slastenin.

Abdurahmon Martazanov 64 yoshda edi. U 2019-yil iyul oyida Ingushetiya Musulmonlar ma’naviy boshqarmasi rahbari lavozimiga saylangandi. Ushbu lavozimni egallaguniga qadar 20 yil davomida shar’iyat qozisi sifatida faoliyat olib borgan.

11-aprel holatiga ko‘ra, Ingushetiya Respublikasida koronavirusga chalinish bo‘yicha 29 ta holat qayd etilgan, bemorlarning biri og‘ir ahvolda, yana to‘rt nafari jonlantirish bo‘limlarida davolanmoqda. Yana to‘rt nafar kishi koronavirus gumoni bilan karantinga olingan.

Mavzuga doir: 

Avval Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ingushlarni so‘kkani uchun uzr so‘ragani, Moskvada ko‘chaga chiqish uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilinishi, Rossiyada koronavirus sabab oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 5-15 foizga qimmatlashishi kutilayotgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют