» » Zelenskiy Ukrainada koronavirusga qarshi vaksinani yaratgan odamga kamida 1 mln dollar mukofot berishini va’da qildi

Zelenskiy Ukrainada koronavirusga qarshi vaksinani yaratgan odamga kamida 1 mln dollar mukofot berishini va’da qildi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi vaksinani yaratishning uddasidan chiqqan ukrainalik olimga 1 million dollar miqdorida mukofot va’da qildi. Bu haqda mamlakatning bosh sanitar vrachi Viktor Lyashko Ukrainaning “Levomu beregu” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deb yozmoqda “RBK”.

“Sizlarga bir sirni ochaman. Prezident mendan mamlakatdagi akademiklarga xat yozishimni va ular orasidan kimdir vaksina yoki dorini yarata olsa, qandaydir bir jamg‘armadan kamida bir million dollar miqdorida mukofot berishini aytdi”, — degan Lyashko.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunlarda Ukrainada haftasiga 30 ming nafar odamdan koronavirusga test qilinmoqda, kelajakda 80 ming nafar odamni tekshirish ko‘zda tutilgan.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 2,7 ming nafardan oshgan. Shundan 83 nafari vafot etgan, 89 nafar kishi esa kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: Davlat rahbarlari koronavirusdan qanday himoyalanmoqda? (foto)

Zelenskiy aprel boshida Ukrainada koronavirusning tarqalishini Chernobildagi AESdagi halokatga qiyoslagandi. Ukraina prezidenti xavfning ko‘rinmas ekani, biroq juda katta halokatdan darak berayotganini qayd etgan.

“O‘shanda ham hech kim qo‘rqmagan, sababi radiatsiya ham ko‘zga ko‘rinmaydi. Afsuski, koronavirus ham ko‘rinmas”, — degan Zelenskiy fuqarolarga vaziyatga to‘g‘ri baho berishni iltimos qilib yo‘llagan murojaatida.

Hozircha butun dunyoda COVID-19 ga qarshi dori yoki vaksina hali ham yaratilgani yo‘q: preparatlarning tadqiqotlari bir nechta xorij davlatlarida, jumladan, AQSh, Xitoy va Fransiyada o‘tkazilmoqda. Rossiyada 60 nafar ko‘ngilli tanlab olingan va ular “Vektor” ilmiy markazida dastlabki sinovlarda ishtirok etadi. Olimlarning o‘zi ham may oyida o‘tadigan sinov jarayonida qatnashadi va preparatni o‘z organizmida ham sinovdan o‘tkazadi.

Mavzuga doir: 80 ga yaqin mamlakat Xalqaro valyuta jamg‘armasidan koronavirus sabab moliyaviy yordam so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют