» » Mehnat vazirligi vaqtincha ishsizlarga tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar ajratilishini bildirdi

Mehnat vazirligi vaqtincha ishsizlarga tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar ajratilishini bildirdi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKA qoshidagi shtabda tashkil qilingan brifingda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar olish mumkinligini aytib o‘tdi.

“Dastlab Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan fuqaroning bandligi va tomorqa yer maydoni o‘rganib chiqiladi. So‘ng unga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, ko‘chat va urug‘lik yoki sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun ‘Tomorqa xizmati’ MChJ, Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egasi tomonidan 3 tomonlama shartnoma tuziladi”, — degan vazirlik matbuot kotibi.

Shahnoza Ravshanova mana shu asosda fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratilishini ta’kidlagan.

“Subsidiya — bu beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi. Bunday turdagi subsidiyalarni fuqarolar faqat issiqxona qurish uchun emas, balki urug‘lik, ko‘chat sotib olish uchun ham ishlatishi mumkin. Aprel oyining o‘zida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 20 ming shaxsiy tomorqa uchun 35,4 milliard so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi”, — degan Shahnoza Ravshanova.

Mehnat vazirligi vakili agar subsidiya olishda muammolar bo‘lsa, vazirlikning (+71) 200-06-00 raqamiga murojaat qilish lozimligini ham eslatgan.

Mavzuga doir:

Avval O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lgan ishsiz fuqarolarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamg‘armasi tomonidan 24 milliard so‘m ajratilishi, shuningdek, davlat ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismini budjetdan qoplab berilishi haqida xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют