» » “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin”, Parizoda va qizining raqsi, 73 yoshga to‘lgan Sherali Jo‘rayev. Mashhurlar karantinda (foto+video)

“O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin”, Parizoda va qizining raqsi, 73 yoshga to‘lgan Sherali Jo‘rayev. Mashhurlar karantinda (foto+video)


O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik harakatida. 12-aprel, yakshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va fotolar joyladi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” deb nomlangan taronasini joyladi. Ushbu lavha Yulduz Usmonovaning “Sevimli” kanalidagi “Sevimli yuduz” loyihasidan olingan.

View this post on Instagram

@yulduzusmonovamusic @mansur_agaliev

A post shared by Yulduz Usmonova (@yulduzibragimovnausmonova) on

Aktrisa Durdona Qurbonova shoira Bibisora Turobovaning “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” misrasi bilan boshlanadigan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi. Uning muxlislari ushbu lavhani yaxshi kutib oldi.

View this post on Instagram

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin. Bardoshim haqida ash’or to‘qisin, Mendan norozilar fikridan qaytsin. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Aytolmay qolganim desin Ollohga, Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin, Bilmagan bilganim desin Ollohga. O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving, Toki, kafanlarim ketmasin kuyib, Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying, Boray huzuriga ozgina sovib. O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling, Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda. Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling, Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda… O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga, Toki, soyasida tilovat o‘qing. Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga, Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing. Kichkina yasating qabrtoshimni, Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib, Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni, Men safarga ketdim chorig‘im kiyib. O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga, To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating, Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing, Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin. #gozalhayot #uydaqoling #vahimasizkarantin

A post shared by ???????????????????????????? ???????????????????????????????????? (@durdona_kurbonova) on

Bugun, 12-aprel kuni, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 73 yoshini qarshiladi. Sherali Jo‘rayev tug‘ilgan kunida bugungi sinovli kunlarda jonini ayamay mehnat qilayotgan shifokorlar, hamshiralar, Milliy gvardiya xodimlari hamda vatan uchun uxlamasdan yurtga xizmat qilayotgan insonlarga minnatdorchilik bildirdi. Sherali Jo‘rayev “Xudo xohlasa, ro‘zayi ramazon oylarida shu balolardan barchamiz qutulib ketaylik, uyda bo‘linglar”, — deya duo qilib, fikrlarini yakunladi.

View this post on Instagram

Azizlar, bugun 12 - aprel O'zbek san'atining ustuni, tirik afsonasi, hofizlar Qiroli, O'zbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotining sovrindori SHERALI HOJI JO'RAYEV ning tavallud ayyomi. Hofizimiz bugungi sinovli kunlarda xalqimizga va muxlisu - muxlisalariga o'z tilaklarini bildirdi. @fattohhoncom #sher #sherali #sheralijorayev #sheralijurayev #sheralijuraev #sheralijoraev #sheralishunoslik #12aprel #fattohhoncom #fattohhonuz #koronavirus #vahimasizkarantin #uydaqoling

A post shared by FILM.UZ ShouBizneS va KINO (@film.uz) on

Bundan tashqari, Sherali Jo‘rayevning farzandlari Shohjahon hamda Zohirshoh Jo‘rayevlar ham tabriklab, o‘zlarining Instagram sahifalariga foto postlar joyladi.

View this post on Instagram

Ме?рибоним, дуогўйим, беминнатим – Отажоним.  Асли сиздек бу дунёда ?амимни олгувчи, саратонда бошимга соябон бўлгувчиларни топмадим. Сиздек бирор таъма ва  манфаатсиз яхшилик илинадиганларни кўрмадим. Англадимки, бу дунёда энг буюгим, энг  керагим, энг ?аниматим ва омонатим Сиз экансиз. Нафа?ат биз фарзандларни, балки ?ал?ини, му?лисларини ўйлаб ?ал?он бўла олган, фа?ат дуода бўлган Отажон! Бугун Сизга айтарларим кўп... Ул?айдик... Худди сор бургутдек ба?увват ?анотларингиз остида ?имоя ?илиб ўстирдингиз... Бу дунёнинг чиркин ?авасларига учмаслик, бир умрлик дўсти соди? ?амро?лар, ўрто?лар топиш сирларини, самимиятни, о?-?орани танитдингиз бизларга. Бу кун ана шу сабо?ларингизни ?атти? тутиб ?ай бир манзилга бормай, албатта муваффа?ият ?озонаётганлигим баайни ?а?и?ат! - ?а, Отажон, берган тузингизнинг гарчи мис?олчасини  о?лашимдан шунчалик таъсирланган эдингиз, ёдимда... Бугун шуни англадимки, фарзандлар бахти, уларнинг камолини кўриш – ота-онанинг ўз ?ай?усидан-да устун  орзуси бўларкан! - Ме?натининг мевасини кўраётган бо?бон ?адар ?албдан ийиб чи?аётган сўзларингиз, далдаларингиз мен учун барчасидан устун! - Шу боис бу ба?тимни бугун барча билан ба?ам кўргим келди. - Англадимки, борлигингиз – бахтим экан! У?димки, борлигимиз – бахтингиз экан! Доимо биз ва сизни доим азиз ?илган ?ал?имиз ба?тига омон бўлинг, Отажон!??

A post shared by ZOHIR SHOX JURAEV???????? (@zohirshohofficial) on

Xonanda Mashhurbek Raimjonov “Sinfdosh qiz” deb nomlangan qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi. Muxlislar esa ushbu qo‘shiqqa videoklip suratga olish haqida takliflarini yozib qoldirgan.

View this post on Instagram

A post shared by MASHHUR MUHAMMAD ?? (@mashhur_muhammad_tms) on

Xonanda Aziza Nizomova ham O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq” deb nomlangan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi.

View this post on Instagram

Lola...

A post shared by Азиза Низамова (@azizanizamova) on

Xonanda Sardor Mamadaliyev Komiljon Otaniyozovning “Sohibqironim bor mani” deb nomlangan taronasidan bir shingil kuylab, sahifasiga joyladi.

View this post on Instagram

Bir shingil jonli ijro ????

A post shared by SARDOR MAMADALIEV (@sardor_mamadaliyev_official) on

Raqqosa Parizoda qizalog‘i E’zozaxon bilan birgalikda Ozodbek Nazarbekovning “Xafa bo‘laman” deb nomlangan taronasiga raqsga tushdi.

View this post on Instagram

Va barcha hamkasblarim ????????Siz ham go’zal,milliy raqslaringizni uy sharoitda ijro etib xalqimizga kayfiyat bag’ishlang????va “Uydagi yulduzlar” tanlovida ishtirok etib @mvforbotuz yuboring????? @_madaniyat_vazirligi @ezoza_doll ?????????????

A post shared by Parizoda (@parizodadancer) on

Qiziqchi Shukrullo Isroilov xonanda Sardor Rahimxonning “Ishonmasan” deb nomlangan qo‘shig‘iga parodiya qilib kuylagan qo‘shig‘i va videoklipini joyladi.

View this post on Instagram

Кайфиятимизни кутарамиз Худохоласа хаммаси яхши булади азизларим Уйда колинг Ажойиб хазил клипларимдан ????????

A post shared by Shukurullo (@shukurullo_isroilovoriginal) on

Xonanda Ziyoda bolaligini esladi va muxlislarga go‘zal kunlar albatta kelishini, buning uchun uyda o‘tirib duoda bo‘lishlarini yozib qoldirdi.

View this post on Instagram

Assalomu alaykum azizlar. Bizning go’zal kunlarimiz inshaalloh qaytib keladi. Faqatgina biz karantin qoidalariga rioya qilsak va albatta duoda bo’lsak bas????????. Go’zal hayotimiz qaytmog’i uchun birgalikda birdam bo’laylik azizlar??????????

A post shared by ziyodamusic (@ziyodamusic) on

“Bravo” jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova karantinda xol qo‘yganini ma’lum qildi.

View this post on Instagram

Карантинда хол куйдим????????#vahimasizkarantin #bizbirgamiz ????

A post shared by Shahlo Zoirova (@shahlo_bravo_official) on

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshni qarshi oldi. Farzandlari esa uni uylaridan turib tabrikladi.

View this post on Instagram

Онажоним, она булиб кадрингизни билдим, мехрингизни яна хам хис килдим. Жонфидом менинг!! Тун яримга о?ганда, бор дунё уйкуга кетганда хам мени ўйлаб, жойнамоз устида дуо килиб утирганингизни биламан. Сизни ва адажонимни дуолари мени бахтли килди, балолардан асраяпти. Онажоним мени, кунглимдаги адо?сиз со?инчимни, ададсиз мехримни доим сизга етказа олмайман. ?аршингизда турганимда, о? оралаган сочларингизни силаб, ажинларингизни ўпиб, исси? ?ўлларингизни юзимга босиб, мехримни, рахматимни айтгим келади. Аммо доимгидай болаларнинг чу?ур-чу?ури мени чал?итади. Бугун юртимиз бошига вабо балоси келганда, синовларга бардошимиз имтихон килинаётганда бизни дуоларингиз кучи химоялаяпти, онажоним. Олдингизга етиб боролмайман...кунда бир неча марта телефон оркали гаплашсак-да, тўймайман сизга. Нафасингизни хис ?илгим, тафтингиздан ?увват олгим келяпти онажон!! "Хозирги хавога ишонма, оё?ингга исси? кийиб ол" дейсиз телефонда. Онагинам-ай, ўзингиз-чи, деб сўраб улгурмайман. Яна ?ай?умни ?иласиз, болаларимни бирма бир сўрайсиз...мен эса сиздан хол ахвол сўраб улгурмайман. Кичкинам йи?лаб колади ва доимгидай тезгина хайрлашиб, ўз ташвишларимга шун?иб кетаман. Сиз эса мени ўйлаб жойномоз томон юрасиз. Биламан... Хозир ярим кеча. Тунда мехримни сизга изхор этишни истадим. Мен сизни жуда яхши кўраман ОНАЖОНИМ! Борли?им билан Аллохдан сизга со?лик, юртимизга ва дунёга офият сўрайман. Аллохнинг мехри буюк. Онажон Барчамиз ушбу кунда ўз хонадонларимизда турган холда, фа?ат акажоним уйдан олисда , ватанимиз хал?имиз учун посбон булиб хизматда турган холда ушбу со?инчли табригимизни сиз тамон арму?он этаман. Таваллуд кунингиз, улу? 70 ёшингиз хаммамизга муборак булсин, онажоним!! Биз хал?имиз билан бу синовли кунларни Ин ша Аллох албатта енгиб утамиз! Тез орада дийдор куришамиз... ??

A post shared by Sadullaeva Muqaddas (@muqaddas_sadullaeva) on



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют